UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bino-inshootlarnining seysmik mustahkamligi o‘rganildi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Azlar Sodiqov boshchiligida tegishli tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yangidan qad rostlayotgan "Yangi O‘zbekiston" massividagi ko‘p qavatli turar joy binolarining seysmik holatlari qay darajada talabga javob berishi bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan quruvchi-pudrat tashkilot rahbarlariga bino-inshootlarning seysmik mustahkamligi bo‘yicha 405-sonli Hukumat qarori talablariga qat’iy amal qilinishi, qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanligi hamda bu yo‘nalishda qonuniylikni ta’minlash, sohaga ilmiy hamda texnik yondashuvni kuchaytirish zarurligi bo‘yicha aytib o‘tdi.