UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bino va inshootlarning energoauditi hamda energosamaradorligi bo‘yicha mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-222-sonli qarori asosida energiyani tejash va samaradorligini oshirish usullari bo‘yicha vazirlik mas'ullari uchun seminar oʻtkazildi.

Shuningdek, Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida 19-24-avgust kunlari vazirlikning tizim tashkilotlarida “Bino va inshootlarning energiya auditiga kirish” mavzusidagi o‘quv kurslari ham tashkil etilmoqda.

Unda Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Energetika vazirligi, Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va loyiha tashkilotlari mutaxassislar hamda oliy talim muassasalari talabalari ishtirok etishdi. 

Shuningdek, mazkur kurslar mobaynida xodimlarni binolarning energiya auditi, iqtisodiy hisobining asosiy tushunchalari va usullari bilan tanishtirish hamda bino-inshootlarning energiya samaradorligini amaliy jihatdan tahlil qilish maqsadida bir qator ijtimoiy tashriflar rejalashtirilgan.

Xususan, o‘zlashtirish natijasiga ko‘ra BMTTD/GEF va Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mutaxassislarga sertifikatlar taqdim qilinishi ko‘zda tutilgan.