UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bir qator shaharchalarning bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari muhokama qilindi

O‘zshaharsozlik LITI” davlat muassasasida Respublika arxitektura va shaharsozlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislarimiz tomonidan ishlab chiqilgan bir qator shaharchalarning bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari kengash a’zolari ishtirokida muhokama qilindi.
 
Jarayonda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahri, Buxoro viloyatining Romitan shahri hamda Peshku tumanidagi Mallai Mirishkor shaharchasi, Qashqadaryo viloyatining Kitob shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Paxtakor (Xakka) shaharchasi, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri hamda Furqat tumanidagi Navbahor shaharchasi, shuningdek, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi Xamzaobod shaharchasi va Ohangaron tumanidagi Yonariq hamda Eyvalek shaharchalari loyihalari taqdim etildi.

Yig‘ilish davomida taqdim etilgan loyihalar hududiy rivojlanish, infratuzilma, ekologik xavfsizlik hamda arxitektura jihatlaridan batafsil tahlil qilindi. Mutaxassislar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida loyihalarni yanada mukammallashtirishga xizmat qiladi.