BIR SO‘ZDAN BOSHLANGAN YUKSALISH
Bir og‘iz so‘z bilan insonning taqdiri o‘zgarib ketishi mumkinmi? Mumkin ekan. Ammo har qanday so‘z bunday kuchga ega bo‘lmaydi. Haqmi, nohaqmi bir bandaga chor tarafdan tosh otilayotgan bo‘lsa-yu, u najot ilinjida atrofiga javdirayotgan bo‘lsa, o‘sha so‘z tog‘ni talqon qiladigan er kishilardan emas, yoshgina , ha, yoshgina bir ayol tomonidan aytilsa... Ha, himoyaso‘z deydilar buni, malhamso‘z deydilar yana... Qanday atalsa ham xudoyimga xush kelar ekanki, navoiylik Ozoda Jo‘rayevaning bir maromda kelayotgan hayot oqimini butunlay boshqa yo‘lga burib yubordi.
«SAODAT» jurnalining navbatdagi sonida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hayoti, faoliyatiga bag’ishlangan maqola chop etildi.