Birozdan soʻng Toshkent arxitektura festivali ochilish marosimi boshlanadi
Sir emas, bugungi kunda yurtimizda qurilish-bunyodkorlik ishlari tobora kengayib bormoqda. Yangi massiv va shaharlar barpo etilyapti. Bular esa o‘z navbatida soha mutaxassislari o‘zaro tajriba almashishi, zamonaviy arxitektura tamoyillarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashni talab etadi. Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Me’morlar uyushmasi hamda Xalqaro arxitektorlar uyushmalari assotsiatsiyalari tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur festival soha taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.