Bosh arxitektorlar uchun Farg‘ona shahrida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida amaliy seminar o‘tkazildi
Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshliqlari hamda bosh arxitektorlar uchun Farg‘ona shahrida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda hududlarda Davlat dasturlari asosida ijtimoiy soha obyektlari hamda ko'p qavatli uylarning zamonaviy arxitektura, seysmik va yong'in xavfsizligi talablari va iqtisodiy samarador loyihalarni ishlab chiqqan holda amaldagi shaharsozlik norma va qoidalari asosida barpo etish kabi masalalarga ustivor ahamiyat qaratildi.
- Sir emas, siz-u biz faoliyat yuritadigan soha bevosita aholining birlamchi ehtiyojlari bilan bogʻliq. Shu bois yangi qurilayotgan bino-inshootlar sifati yoki kommunal sohada aholini qiynayotgan muammolar yechimiga alohida e’tibor qaratish zarur, - dedi Bosh boshqarma boshlig'i Lazizxon Pozilov.
Shuningdek, seminarda massivda issiqlik taʼminoti tizimlarini avtomatik boshqaruvchi energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham ma'lumotlar berildi.




