UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bosh vazirining o‘rinbosari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari hamda boshqa mutasaddilar poytaxtimizning “Katta xirmontepa” mahallasida bo‘lib, aholining ijtimoiy sohalardagi muammolarini oʻrgandilar

O‘zbekiston Respublikasi  Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva hamda boshqa mutasaddilar bugun poytaxtimizning Chilonzor tumani 19-mavzeda joylashgan “Katta xirmontepa” mahallasida bo‘lib, aholining ijtimoiy sohalardagi muammolarini oʻrgandilar.  Jumladan, mahalla tizimi, hudularning obodligini oshirishdagi sa’y-harakatlar, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish faoliyati koʻzdan kechirildi.

Mutasaddilar aholi bilan suhbatda bo‘lib, ularning muammolarini tingladilar. Xususan, ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismlarida davlat dasturi asosida ta’mirlash ishlari sust olib borilayotgani haqida so‘z bordi. Mazkur jarayonga mas’ul tashkilotlar faoliyati keskin tanqid qilinib, ish jarayonini jadallashtirish, ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, bunda sifat nazoratiga e’tibor qaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. 

Shuningdek, vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva mahallada faoliyat yurituvchi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini tanqidiy o‘rgandi. Avvalo, boshqaruv tashkilotlarining obodonlashtirish ishlariga e’tiborsizligi, bu esa sohada olib borilayotgan hozirgi islohotlarga zid ekanligi ta’kidlandi. 

Shu bilan birga aholi vakillaridan qabul qilingan murojaatlar, xususan, kirish yo‘laklarining ta’mirtalabligi, tom qismidan suv o‘tishi kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha boshqaruv tashkilotlariga aniq muddat belgilanib, qayta nazorat ishlari shaxsan vazir o‘rinbosari tomonidan olib borilishi aytib o‘tildi. Bunda aholining ham daxldorligini oshirish, besh va undan ortiq yillar davomida to‘lov amalga oshirmayotgan mulkdorlarning majburiyatini eslatish lozimligi ta’kidlandi.

Oʻrganishlar soʻngida mahallaning ozodaligi va tartibini saqlashda tegishli tashkilotlar bilan bir qatorda aholi mas’uliyatini oshirish, bunda mahalla tizimining vakillari tomonidan doimiy tushuntirish ishlari olib borilishi kerakligi aytib oʻtildi. 
- Koʻp eslayman, bolaligimizdan koʻchalarimizda hasharlar uyushtirar edik. Bu nafaqat uylarimiz tozaligi, shu bilan birgalikda qoʻshnilar orasida mehr-oqibat tuygʻularini oshirishga xizmat qilgan. Men ana shunday chiroyli qadriyatlarimizni mamlakatimizda keng targʻib qilish tarafdoriman, - dedi Ozoda Joʻrayeva.