Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylar holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
Xususan, Samarqand shahrining turli hududlarida joylashgan ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish maqsadida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda.
Jumladan, “Tong SS” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Sug‘diyona maskanidagi 50-sonli uyning fasad qismi ta’mirlandi. Shuningdek, 51-uyga zamonaviy domofon tizimi o‘rnatildi.
“Maftunkor Kimyogar” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Narpay ko‘chasida joylashgan 15-sonli ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari ta’mirlandi. Sayfi Saroyi ko‘chasidagi 8-sonli uyning kirish eshiklariga 6 dona yangi domofon o‘rnatildi.
Mazkur ishlar Surxondaryo viloyatida ham izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, boshqaruv servis kompaniyalari mas’ullari tomonidan ko‘p qavatli uylar hududidagi bolalar maydonchasi tartibga keltirilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ko’p qavatli uylarning elektr jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, fasad qismi ham ta’mirlanmoqda.
Ushbu ishlar aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda uy-joy fondining texnik holatini saqlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.