Boshqaruv servis kompaniyalarida ish qizg’in
Ko‘p kvartirali turar-joy fondini 2024-2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan Navoiy viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Birgina "Humo-zilola barhayot" boshqaruv servis kompaniyasi misolida ko’rib chiqadigan bo’lsak, sohadagi tub o’zgarishlar haqiqatan xalq manfaati uchun xizmat qilayotgani oydinlashadi.
Boshqaruv kompaniyasi tomonidan Navoiy shahridagi 81 uyning kirish yo‘laklari taʼmirlanib,
- zamonaviy damofon eshiklar o‘rnatildi;
- 12 ta uyning tom qismi joriy taʼmirlandi;
- 75 dona energo tejamkor harakat datchiklari o‘rnatildi;
- 21 ta ko‘p qavatli uylarga zamonaviy akfa romlari o‘rnatildi;
- kirish yo‘laklariga 70 ta zamonaviy o‘rindiqlar qo‘yildi;
- 12 ta ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismi mukammal taʼmirlanib, temir quruvlar poletelin quvurlarga almashtirildi;
- 20 ta ko‘p qavatli uyning elevatorlari yangisiga almashtirildi.
Muhim tomoni, mazkur ishlar jadallik bilan davom ettirilib, ko’p qavatli uylarning holati tubdan yaxshilanmoqda. Mazkur ishlardan aholi ham minnatdor, zero, obod, fayzli va har tomonlama xavfsiz sharoitlarda umrguzaronlik qilishning o’zgacha sururi bor.






