UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Boshqaruv tashkilotlari rahbarlari uchun oʻquv mashgʻuloti tashkil qilindi

Xabaringiz bor, Chirchiq shahrida koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish sohasini takomillashtirish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari hamda qator boshqa tashkilotlar mas’ullaridan tarkib topgan ishchi guruh tashkil qilingan boʻlib, tizimni yaxshilash chora-tadbirlari qoʻllanib kelinmoqda. 

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva shaharda faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari bilan uchrashuvda soha xodimlarining malakasini oshirish, sertifikatlashtirish masalalariga alohida toʻxtalgan edi. 

- Kommunal sohada xizmat koʻrsatish ma’lum tajriba, malaka talab etadi. Bu esa nafaqat aholining, balki xodimlarning xavfsizligini ta’minlash uchun ham zarur , - deya ta’kidlagan edi vazir oʻrinbosari. 

Bugun shu maqsadda Chirchiq shahrida faoliyat yurituvchi 14 ta BSK vakillari uchun tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlariga start berildi. “Kommunaloʻquv” DUK tomonidan tashkil etilgan mashgʻulotlarda koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatishni samarali tashkil etish, sohada qabul qilinayotgan yangi qonun-hujjatlari tahlili, boshqaruv tashkilotlarining muhim vazifalari va aholi oldidagi majburiyatlariga bagʻishlangan oʻquv darslari oʻtkazilmoqda. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan boshqaruv servis kompaniyalari vakillarining sohaga doir savollariga atroflicha javob berilmoqda. 

Ma’lumot uchun, mazkur oʻquv mashgʻulotlari 3 kun davomida boʻlib oʻtadi.