UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

BSK faoliyati tanqidiy ko’rib chiqildi

Ushbu kunlarda markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan ko’p qavatli uylarga issiqlik energiyasi berish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayon boshqaruv tashkilotlaridan ham yuqori mas’uliyatni talab etadi.

Ozoda Jo’rayeva ayni jarayonning borishi bilan tanishish maqsadida Chilonzor tumanida faoliyat yurituvchi “Yashil makon standart” BSKda bo’ldi. Kompaniya ishchi-xodimlari bilan suhbatda bo’lib, ularga yaratilgan sharoit bilan qiziqdi.

Shu bilan birga murojaatlarni qabul qiluvchi dispetcherlik xizmati, kelib tushayotgan muammoli holatlar ko’lami va mazmuni o’rganildi. Mavsumni betalofat o’tkazish uchun zarur mutaxassislarning tayyorgarligi ko’rib chiqildi. 

Ozoda Jo’rayeva hudud bo’ylab o’rganish ishlarini olib borar ekan, kompaniyaning obodonlashtirish ishlariga e’tiborsizligini qat’iy tanqid qildi:

- Har safar uylaringiz atrofidagi tartibsizlikni ta’kidlaymiz, ammo holat o’sha-o’sha. Kompaniya boshqaruvchilarni emas, ishchilar kuchini ko’paytirishga e’tibor qaratishi kerak. Shunda tizim to’g’ri ishlaydi. Hudud tozaligi sizning tashrif qog’ozingiz, degani. Har qancha ish qilmang, mana shunday e’tibor qaratilmagan joylar samaradorlikka salbiy ta’sir o’tkazishi aniq, - dedi vazir o’rinbosari.

Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo’yicha mas’ullarga bir qator topshiriqlar belgilandi. Bu borada tegishli tashkilotlar vakillarining nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.