BSKNING YANGI BINOSI OCHILDI
Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlariga ham qator imtiyoz va imkoniyatlar taqdim qilinmoqdaki, uning asnosida aholimizning har tomonlama qulay sharoitlarini ta’minlash imkoniyati oshmoqda.
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent shahri Uchtepa tumani hokimi, prokurori va boshqa mas’ullar bilan “AGMM KIMYO” boshqaruv servis kompaniyasining yangi binosi ochilish marosimida qatnashdi.
- Bugun faoliyatini rivojlantirish yo’lida mehnat qilayotgan har bir tadbirkorlik subyekti katta-katta yutuqlarga erishmoqda. Mazkur boshqaruv tashkiloti tashkil etilganida ikkita uyga xizmat ko’rsatar edi. Mas’uliyat, harakat va izlanish natijasida mana bugun 40 dan ortiq uylarga kommunal xizmatlar taqdim qilib kelinmoqda. Bundan tashqari kompaniya qo’shimcha servis xizmatlari va tadbirkorlikni rivojlantirishda yaxshi natijalar ko’rsatmoqda. Bunda sektor rahbarlarining ham muhim o’rni bor, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
Ma’lumot uchun, “AGMM KIMYO” BSK 2022-yil tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda zamonaviy talablar asosida moddiy-texnika bazasi, qo’shimcha servislariga ega.