UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

BU MUHIM (Turar joy zonalari)

Bilasizmi, turar joy binolarining turlari va qavatliligi turar joy muhiti shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-demografik, me'moriy-kompozitsion, milliy-maishiy, sanitariya-gigiyenik va boshqa talablarga, shuningdek, muhandislik infratuzilmasining rivojlanish hamda yong‘in xavfsizligini ta'minlash imkoniyatlariga muvofiq ravishda belgilanadi.

Turar joy zonalari tarkibiga quyidagilar kiritilishi mumkin:

- KO'P QAVATLI, ya'ni qavatlari soni 9 va undan yuqori ko‘p xonadonli turar-joy binolari zonasi;
- O‘RTA QAVATLI, ya'ni 4–8 qavatli ko‘p xonadonli turar joy binolari zonasi;
- KAM QAVATLI, ya'ni mansarda qavatini ham qo‘shganda 4 qavatgacha ko‘p xonadonli, yonida yer uchastkalari bo‘lgan birlashtirilgan turar-joy binolari zonasi;
- SHAXSIY TURAR JOY BINOLARI (alohida qurilgan va yoki birlashtirilgan) zonasi.