UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bugun ham ayni yo'nalishdagi muammolar, taklif va murojaatlarga bag'ishlangan qabul bo'lib o'tdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida aholining kommunal soha, xususan, ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish yo’nalishidagi murojaatlari haftaning har juma kunlari qabul qilinib kelishidan xabaringiz bor. Bugun ham ayni yo'nalishdagi muammolar, taklif va murojaatlarga bag'ishlangan qabul bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirni boshqarma boshlig'i Obidjon Mo'minov va qator mas'ullar o'tkazdilar.

Unda poytaxtimizdan kelgan 10 nafardan ziyod aholi vakillarining ko'p qavatli uyda noqonuniy qayta rejalashtirish, o'z-o'zini boshqaruvchi tashkilot faoliyatidan norozilik, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini ko'rib chiqish, majburiy badal hamda billing tizimi masalasida bir qator murojaatlari qabul qilindi. Shuningdek, majburiy badaldan qarzdorlikni undirish tartibini soddalashtirish bo'yicha Toshkent viloyati fuqarosi M.Sobitovning taklifi qabul qilinib, tegishli tartibda ko'rib chiqilishi ta'kidlandi. 

Qayd etilgan 10 ta murojaatning ikkitasi ma'lumot uchun qabul qilindi, uchtasi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. 3 ta muammoga qabulning o'zida ijobiy yechim berilgan bo'lsa, qolgan murojaatlar tegishli tartibda joyiga chiqqan holda o'rganiladigan bo'ldi.