Bugun ham xodimlar futbol boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan "Rahbar kubogi" musobaqasiga qizg’in tayyorgarlik ko’rishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-421-son qarori ijrosini taʼminlash hamda vazirlik xodimlari o'rtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va tizim tashkilotlari mutaxassislari oʻrtasida futbol mashgʻulotlari doimiy oʻtkazib kelinmoqda.
Bugun ham xodimlar futbol boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan "Rahbar kubogi" musobaqasiga qizg’in tayyorgarlik ko’rishdi. Albatta, bu kabi sport musobaqalari xodimlarning salomatligini mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim omildir.