Bugun ‘‘O‘zshaharsozlik LITI’’ davlat muassasida master-rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy seminarning ikkinchi bosqichi davom ettirildi
Bugun ‘‘O‘zshaharsozlik LITI’’ davlat muassasida master-rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy seminarning ikkinchi bosqichi davom ettirildi.
Unda Loyiha ofislari xodimlariga master-rejalarning hududlarni rivojlantirishdagi roli, master-rejalarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi, Loyiha ofislarining vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Seminarda kun tartibiga muvofiq shuningdek, urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish va turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.