UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bugun qurilish sohasi xodimlari kuni! Kasb bayramingiz muborak bo'lsin, aziz bunyodkorlar!

Bugun Xalqaro Forumlar saroyi yurtimiz qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan quruvchi-me'morlarni bir yerga jamladi. 

Qurilish-pudrat va qator loyiha tashkilotlari vakillari, sohaning mehnat faxriylari, arxitektorlar, tizim rivoji yo'lida izlanishdan to'xtamaydigan fidoyilar bayramona kayfiyatda.  

Bir so'z bilan aytganda katta mas'uliyat, vatan ishonchini oqlash, bu orqali xalq roziligiga erishishdek oliy maqsad yo'lida mehnat qilayotgan bunyodkor quruvchilar kuni munosib nishonlanmoqda.


 

Soha vakillarini qutlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov so’zga chiqdi:

- Hozirgina Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan yo‘llangan samimiy tabrik so‘zlarini eshitib, barchamiz chuqur g‘urur va iftixor his edik.
Bu so‘zlar sohamizga bo‘layotgan yuksak e’tibor va ishonchning yorqin ifodasidir.

Mamlakatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi – xalqimiz uchun munosib, farovon va zamonaviy hayot sharoitini yaratishdan iborat.

E’tibor bering, bugun yurtimizda har kuni, har soatda bunyodkorlik ishlari avjida. Qad rostlayotgan binolar, yashil bog‘lar, zamonaviy maktablar, shifoxonalar va uy-joylar – xalqimiz orzusi, farzandlarimiz kelajagi, yurtimiz istiqbolidir.

Biz qurgan har bir maskan yurtga bo‘lgan  muhabbatimiz va sadoqatimiz ifodasidir.

Qurilish sohasi yurtimiz iqtisodiyotining drayveriga aylandi. Bu soha orqali minglab insonlar ish bilan ta’minlanmoqda, mahalliy ishlab chiqarishlar kengaymoqda.

Ahamiyatlisi, yutuqlarimiz zamirida bilim, tajriba va vatanparvarlik bilan bizga yo‘l ko‘rsatayotgan ustozlarimizning bebaho hissasi bor.
Aziz hamkasblar, yurtimizni yanada obod qilish uchun birgalikda mehnat qilaylik
, - deyiladi vazir tabrigida.


Qurilish faoliyatida ijtimoiy obyektlar — xususan, ta’lim muassasalarini barpo etish masalasi ham alohida e’tiborda. Shu maqsadda “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” tashkil etildi. 2025-yilda mazkur kompaniya buyurtmasi asosida 567 ta ta’lim obyektida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu orqali ta’lim infratuzilmasini zamonaviy talablarga mos ravishda yangilash maqsad qilingan. 

Sohada raqamlashtirish jarayonlari ham jadal rivojlanmoqda. 30 dan ortiq axborot tizimlari ishga tushirilib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali 22 ta davlat xizmati raqamlashtirildi. Bu turli byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, inson omilini kamaytirish va ochiq raqobat muhitini shakllantirish imkonini berdi. Tender platformasi joriy qilinishi esa sohadagi korrupsion holatlarga chek qo‘yishda muhim rol o‘ynadi. 

Sifat nazorati va jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida qurilishni kuzatish mexanizmi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. 

Qurilish va uy-joy kommunal jo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi o‘z faoliyatini to‘liq raqamlashtirdi. Barcha inspektorlar maxsus “body-kamera”lar bilan ta’minlangani ularning ishida obyektivlikni oshirish, har bir jarayonni to‘liq hujjatlashtirish imkonini bermoqda. Shu bilan birga barcha hududiy inspeksiyalarda tashkil etilgan “Quruvchi-operatorlar shtabi” orqali davlat budjeti hisobiga olib borilayotgan qurilish obyektlarini real vaqt rejimida masofadan turib kuzatish imkoni yaratildi.