UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Obidjon Hakimov va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zsuvtaʼminot” AJ, "Issiqlik taʼminoti" AJ, tegishli vazirliklar, idoralar, hokimliklar rahbarlari va masʼul xodimlari ham ishtirok etdi.

Majlis davomida 2025-yilning birinchi yarim yilligidagi asosiy natijalar, mavjud muammolar hamda yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi.

Dastlab, vazir Sherzod Hidoyatov hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, 161 ta bosh reja ishlab chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 32 ta shaharcha va 108 ta qishloq bosh rejasi tayyorlangan. Shuningdek, 630 ta ko‘p qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirilgan, davlat xizmatlari bo‘yicha 98 mingta murojaat ko‘rib chiqilgan. Manzilli dastur asosida 1 331 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, issiqlik taʼminoti, ichimlik suvi tarmoqlarini kengaytirish, ko‘p kvartirali uylarni taʼmirlash, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirilgan.

Hisobot davomida tizimda mavjud muammolar ham ochiq aytildi. Xususan, ayrim hududlarda qurilish ishlari kechikayotgani, loyiha-smeta hujjatlari tayyor emasligi, baʼzi qurilish materiallari markazlashgan tartibda kech yetkazilayotgani, issiqlik taʼminoti korxonalari moliyaviy barqarorligi pastligi, texnik xizmat ko‘rsatishda kamchiliklar borligi taʼkidlandi.

Yig‘ilish davomida vazir o‘rinbosarlari va tizim tashkilotlari rahbarlari ham o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha hisobot berib, muammolar yechimi bo‘yicha taklif va tashabbuslarni bildirdi.

Yig‘ilish yakunida esa faoliyatida sustkashlik va masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan ayrim masʼullarga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi.