Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Andijon viloyatida bo’ldi
2025-02-06
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Andijon viloyatida bo’ldi.
Vazir o’rinbosari Xonobod shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan Sunʼiy koʻl loyihasi ustida olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi. Jarayonda mazkur loyiha yuzasidan qoʻshimcha taklif va tashabbuslarini ilgari surib, bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni mas’ullarga belgilab berdi.