UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida tadbir boʻlib oʻtdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda vazir Sherzod Hidoyatovning bayram tabrigini vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva xodimlarga yetkazdi. 

Taʼkidlandiki, oxirgi yillarda Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda qurilish va kommunal sohani rivojlantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. “Pirovard maqsad xalqimizning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, yurtni obod qilishdir. Albatta bu bilan cheklanib qolinmaydi, hali  oʻz yechimini kutayotgan  masalalar koʻp va ishonmanki, bu ishlarni siz kabi fidoyi xodimlar bilan birga amalga  oshiramiz”, – deyildi tadbirda.   

Eʼtirof etildiki, 2024-yil yanvar-noyabr oylarida respublika boʻyicha qurilish ishlari hajmi 205,7 trln soʻmga yetdi, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 109,2 foizga oshganini koʻrsatadi. Bu esa oʻz navbatida qurilish sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etadi. Uy-joy va kommunal sohalarda ham aholiga sifatli xizmat koʻrsatish, issiqlik taʼminotini yaxshilash va olis hududlarga ichimlik suvi taʼminotini olib borish boʻyicha yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Sohada raqamlashtirish va energosamaradorlikka erishish borasida ham qator muhim loyihalar yoʻlga qoʻyildi.

Ozoda Joʻrayeva vazirlik va uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlarning mehnatini  eʼtirof etar ekan, ularning soha taraqqiyotidagi oʻrinini alohida taʼkidladi va yangi yil bilan barchani samimiy qutladi.

– 2024-yil qurilish va kommunal sohada sermahsul yil boʻldi. Tizimni takomillashtirish va zamonaviy talablar asosida rivojlantirish borasida yuksak marralar sari yoʻl oldik. Bugun mamlakatimizning har bir jabhasida yuqori oʻsish surʼatlariga guvoh boʻlmoqdamiz. Bu avvalo, davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar va amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan odilona siyosat natijasidir. Eng quvonarlisi, Oʻzbekistonning rivojlanish koʻrsatkichlari bugun xalqaro maydonda ham yuqori baholanmoqda. Bu eʼtirof bizga faxr tuygʻusini bagʻishlagani kabi, masʼuliyatimizni yanada orttiradi. Yangi ulkan reja va marralarga erishish yoʻlida ishlarni davom ettiramiz, - dedi Ozoda Joʻrayeva.

Tadbirda vazirlik mutasaddilari ham soʻzga chiqib, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda rejalashtirilgan maqsad hamda vazifalar haqida soʻz yuritdilar.