UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bugun Samarqand shahrida BUILD PRO EXPO 2024 - Qurilish va pardozlash materiallari, qurilish uskunalari va texnikalariga ixtisoslashtirilgan xalqaro ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun Samarqand shahrida BUILD PRO EXPO 2024 - Qurilish va pardozlash materiallari, qurilish uskunalari va texnikalariga ixtisoslashtirilgan xalqaro ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov so'zga chiqib, mazkur tadbir soha mutaxassislari uchun muhim voqea ekanligini, ko‘rgazma qurilish, dizayn va arxitektura sohasidagi innovatsiyalarni namoyish etish va ularni rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanishini ta'kidladi.

Xususan, ko'rgazmada qurilish materiallari, mebel, sanitariya-texnik vositalar, yoritish moslamalari va boshqa zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha yetakchi kompaniya va ishlab chiqaruvchilarning ishlari namoyish etilmoqda. Ularda dizayndagi so‘nggi yutuqlar, jumladan, BIM texnologiyalari va aqlli uylarni yaratish bo‘yicha yechimlar aks etyapti.

Markaziy Osiyo qurilish bozoridagi soʻnggi tendensiyalardan xabardor boʻlishni xohlovchilar va oʻz biznesini xalqaro miqyosda kengaytirishni istaganlar uchun mazkur ko'rgazma keng imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari bo'lib o'tayotgan tadbir har yili minglab tashrif buyuruvchilar va yuzlab ishtirokchilarni jalb etib, tajriba almashish hamda biznes aloqalarini o‘rnatish uchun zarur platformaga aylangan.