UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida navbatdagi rahbariyat qabuli bo‘lib o‘tdi

Har hafta tumanlar miqyosida o‘tkazilayotgan rahbariyat va fuqarolar qabullari orqali mutasaddilar aholining murojaatlari bilan bevosita ishlamoqda. Bu orqali muammolarni joyida hal qilish, fuqarolarga aniq va samarali yordam ko‘rsatishga erishilmoqda.

Bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida navbatdagi rahbariyat qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘i Aziz Xudoynazarov hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Qabul davomida Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning muammolari tinglandi. Jumladan, ba’zi murojaatchilar o‘z hududiga yaqin joyda olib borilayotgan qurilish ishlaridan norozi ekanliklarini bildirgan bo‘lsa, boshqalari esa turar joy binosini xususiylashtirish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida murojaat qildi.

Mazkur masalalar mutaxassislar tomonidan batafsil ko‘rib chiqildi. Fuqarolarga mavjud holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va tegishli tashkilotlarga qanday tartibda murojaat qilish kerakligi haqida aniq tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, boshqarmada fuqarolar uchun alohida qabul ham tashkil etilib, unda 30 nafarga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ularning aksariyati shahar chekkasidagi, viloyat chegarasiga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bo‘lib, ular qurilish jarayonlarida yuzaga kelgan masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Mutaxassislar tomonidan zaruriy huquqiy va texnik maslahatlar berildi.