Bugun Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ommaviy qabul tashkil etildi
Bugun Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ommaviy qabul tashkil etildi.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligidan tegishli departament boshliqlari Obidjon Mo'minov hamda Aziz Usmonovlar ham ishtirok etib, chirchiqlik aholi vakillarining qurilish va kommunal sohaga doir murojaatlarini qabul qildilar.
Jarayonda 20 ga yaqin murojaatlar, xususan, noqonuniy qurilishlarni oldini olish, sifat nazorati hamda ko'p qavatli uylarni boshqaruvchi organlar faoliyati, billing tizimi, issiq suv ta'minoti yuzasidan masalalar ko'rib chiqildi. Holatni joyiga chiqib o'rganish talab etiladigan muammolar tegishli tartibda ko'rib chiqishga kelishib olingan bo'lsa, huquqiy tushuncha beriladigan vaziyatlar bo'yicha aniq yo'nalish berildi. Shu ma'noda 7 ta murojaat joyida ijobiy yechim topdi.