Bugun Xitoyning Maxsus uskunalarni inspeksiya qilish va texnik tadqiqotlar boʻyicha Shanxay instituti (SSEI) delegatsiyasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mutaxassislari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi
Bugun Xitoyning Maxsus uskunalarni inspeksiya qilish va texnik tadqiqotlar boʻyicha Shanxay instituti (SSEI) delegatsiyasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mutaxassislari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Mazkur kompaniya sun'iy intellekt yordamida tashkil etilgan zamonaviy dispecherlik markazini boshqarish bilan shug'ullanadi. Ya’ni bu orqali lift uskunalari monitoring qilinib, baxtsiz hodisalarni oldini olinadi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nosozliklar vaqtida aniqlanadi.
Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad ham aynan ana shunday ilg’or xalqaro tajribani o’rganishdan iborat.