Bugungi kunda 67 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi kompaniya zarur talablar asosida faoliyat olib borishga bor kuchini safarbar etgan
Xabar berganimizdek, mamlakatimizda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prokuratura organlari, hokimlik va daxldor vazirlik mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Bugun vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishchi guruh a’zolarini ko’p qavatli uylar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida poytaxtimizning Mirobod tumani “Afrosiyob” mahallasida faoliyat yurituvchi “Proservis corp” BSK bilan tanishtirdi.
Bugungi kunda 67 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi kompaniya zarur talablar asosida faoliyat olib borishga bor kuchini safarbar etgan.
Jumladan, kompaniya tomonidan 3 350 kv mewtr tom qismi, 18 ta kirish yo'lagi, 15 dona issiqlik uzellari ta'mirlandi. Shuningdek, 366 p/m issiqlik quvurlari, 120 p/m ichimlik suv quvurlari, 110 p/m oqova suv quvurlari almashtirildi. Kirish yo'laklariga 9 ta zamonaviy eshiklar, 200 ta energotejamkor lampalar o'rnatildi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan 9 ta videokuzatuv kameralar o'rnatilib, 150 ta elektr taqsimlovchi shitlar soz holatga keltirildi.
Mutasaddilar kompaniya binosi, 24/7 dispetcherlik xizmati, mopddiy-texnika bazasi va ishchi-xodimlarning shayligini o'rgandilar. Shuningdek BSK boshqaruvidagi uylarning texnik holati ko'zdan kechirildi.
Boshqaruv tashkilotiga faoliyat samaradorligini oshirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.