UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan "Buxoro Polizol" BSK xodimlari tomonidan ko‘p kvartirali uylar atrofida obodonlashtirish  ishlari amalga oshirilib, uning kirish yo‘laklari va poydevor qismi ta’mirlanmoqda

Boshqaruv servis kompaniyalari o‘zlariga biriktirilgan ma’lum hududlarning  obodonligi-yu saranjom sarishtaligi, ko‘p kvartirali uylarning fasadi, tom qismi, yerto‘lasi va albatta kirish yo‘laklariga mulkdorlarning majburiy to‘lovlaridan shakllangan mablag‘lari evaziga xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul hisoblanadilar. 

Jumladan, Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan "Buxoro Polizol" BSK xodimlari tomonidan "Ko‘ksaroy" ko‘chasidagi 21, 21/1, 21/2-ko‘p kvartirali uylar atrofida obodonlashtirish  ishlari amalga oshirilib, uning kirish yo‘laklari va poydevor qismi ta’mirlanmoqda.

Xususan, ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholiga sifatli kommunal xizmat ko'rsatishni maqsad qilgan BSKlarning mehnat jamoalari 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdalar. Shuningdek, "Muhammadjon Nozima ta’mir qurilish" boshqaruv kompaniyasi ishchilari tomonidan Abdulazim Somiy ko‘chasidagi ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklaridagi deraza romlar yangisiga almashtirilib, "Mustaqillik" ko‘chasidagi 74/4 uyning bosh elektroshiti ta’mirdan chiqarildi.