UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Buxoro viloyat hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

“Bukhara city house” MChJ tomonidan Bukhara city zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi hududidagi qurilish ishlari bo'yicha murojaat viloyat hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganib chiqildi.

Qurilish-montaj ishlari olib borilishi rejalashtirilgan obyekt “Bukhara city house” MChJga tegishli bo‘lib, mazkur hududda ayni kunlarda yer ishlari (kotlovan qazish) boshlangani shuningdek, MChJ tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirish uchun shaharsozlik qonunosti hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan MChJ rahbariga qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish to‘g‘risida 2024-yil 10-iyunda yozma ko'rsatma berilgan hamda u MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 9-iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan “BUKHARA CITY HOUSE” MChJ bilan “Bukhara city” direksiyasi o‘rtasida tuzilgan 2020-yil 18-noyabrdagi 51-sonli kelishuv bitimi va 2020-yil 25-dekabrdagi “Bukhara City” majmuasi hududida invistitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi 36-sonli bitim bekor qilingan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmonining tegishli bandiga asosan mazkur masala yuzasidan qonun buzilish holatiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish va ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf qilish yuzasidan Kadastr agentligining Buxoro shahar filialiga inspeksiya tomonidan xat yuborilganligini ma’lum qilamiz.