UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida kuni kecha “Yangi Oʻzbekiston” massivini foydalanishga topshirish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi

Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida kuni kecha “Yangi Oʻzbekiston” massivini foydalanishga topshirish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi. Tadbirda viloyat mutasaddilari, sektorlar rahbarlari, mehnat faxriylari, mahalla faollari  ishtirok etishdi. Marosimda duoga qoʻl ochgan nuroniylar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini soʻrab, tumanga koʻrk boʻlgan massivda barpo qilingan oʻziga xos shaharcha va undagi shinam inshootlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorliklarini bildirdilar. 

Tumanning “Baraka” massivida barpo qilingan “Yangi Oʻzbekiston” aholi maskanida ayni kunda 468 ta xonadonga moʻljallangan jami 24 ta, har biri 5 qavatdan iborat zamonaviy turar-joy inshootlari qad rostlagan. Ularning har biri 20 ta yosh oilani oʻz bagʻriga olmoqda. Uylar tabiiy gaz, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi, oqova suv tarmogʻiga ulangan boʻlib, atrofi moʻjaz shaharchani eslatadigan obod manzilga aylantirilmoqda. Xususan, hududda barkamol avlod taʼlim-tarbiyasi uchun 1 ming 56 oʻringa ega 53-sonli uch qavatli umumtaʼlim maktabi, 360 oʻringa moʻljallangan 57-sonli ikki qavatli shinam davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, uning yonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ikki qavatli oilaviy poliklinika qurib foydalanishga topshirilgani yig'ilganlarni mamnun qildi. Endilikda hududda oʻndan ortiq savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi bilan birga istirohat bogʻi ham tashkil etilayotgani, turar-joy inshootlari atrofi koʻkalamzorlashtirilayotgani ham ayni muddao bo'lmoqda.

Tadbir davomida viloyat mas'ullari aholi vakillari bilan samimiy muloqot qilishib, turar-joylarda yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.