Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi (Hududlardan xabarlar)
Buxoro viloyatida hududlarni obodonlashtirish, aholi xonadonlari, ayniqsa, ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlarini qishki mavsumda barqaror ishlashini nazorat qilishga alohida e'tibor qaratib kelinadi. Xususan, sohaga mas'ul mutasaddilar tomonidan Buxoro shahridagi 7-kichik nohiya hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar va ularga tutash maydonlar ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish, aholi uchun munosib yashash shart-sharoitlarini yaratish choralari belgilanganib kelinmoqda.
Joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tarkibidagi korxona va tashkilotlar hamda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklaridagi temir eshiklar ta’mirlanib, elektr shitlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, bolalar maydonchalari va o'rindiqlar yangilanmoqda.




