Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi
2023-09-27
Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahrida pudratchi “Qurbon obod savdo” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi binosi obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.
Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- bino qurilishida ishlatilayotgan g‘ishtlar me’yoriy talablar asosida terilmagan;
- qurilish mahsulotlarining muvofiqlik sertifikati, pasporti va sinov xulosalari taqdim qilinmadi;
- qurilishda olib borilishi zarur bo‘lgan ijro hujjatlari to‘liq yuritilmagan.
Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga yozma ko‘rsatmalar berildi va qurilish ishlari vaqtinchalik to'xtatildi.