Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahrida monitoring ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Buxoro shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 27-uy hamda Piridastgir ko‘chasi 8/1-uylar ko‘zdan kechirilganda tutash hududda yengil konstruksiyali ayvon va qo‘shimcha xona qurilganligi, shuningdek, noqonuniy eshik ochilganligi aniqlandi. Shu bois mulkdorlarga "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi Kodeksning 159-moddasiga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima jazosi tayinlanishi to‘g‘risida ogohlantirish berildi.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek MFYda buyurtmachi M.Odilov tomonidan qurilayotgan klinika binosida o'rganish ishlari o'tkazilganda obyektda inspeksiyadan ro'yxatdan o'tmasdan o'zboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Jarayonda tadbirkorga qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida yozma ko'rsatma berildi va "Ma'muriy javobgarlik to’g’risida"gi Kodeksning 99-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.