Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro'yxatdan o'tmagan qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari davom etadi.
Jondor tumani "Navgadi" MFY hududida fuqaro F.O'roqov tomonidan amalga oshirilayotgan savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosi qurilishi hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan boshlangani ma'lum bo'ldi.
Inspeksiya mutaxassislari tomonidan buyurtmachiga bir necha marta qurilishni to'xtatish bo'yicha berilgan yozma ko'rsatmalarga qaramasdan qurilish ishlari davom ettirilgan va unga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hozirda ushbu qurilish obyektida qurilish-montaj ishlari to'xtatildi.



