Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan facebook ijtimoiy tarmog'idagi holat o‘rganildi.
Umumiy yer maydoni 190 metr kvadratdan iborat qurilishi tugallanmagan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish hamda yuqori qavati ofis bo'lgan obyekt A.Achilovga tegishli ekanligi aniqlandi.
Unga Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2022-yil 15-dekabrda ko‘chmas mulk obyektida bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi to‘g‘risidagi Davlat reyestridan ko‘chirma berilgan.
Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022-yil 11-noyabrdagi yer uchastkasi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga asosan mazkur yer maydoni xususiylashtirilganligi aniqlandi.
Xususan, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun fuqaro A.Achilov 2018-yil 18-oktabrda obyektni hududiy inspeksiya ro‘yxatidan o‘tkazganini ma’lum qilamiz.