UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Buxoro shahri Ibn Sino koʻchasi 1/5-uy manzilida "Dilim Nur Stroy” MCHJ tomonidan qurilgan 1, 2-qavatlari savdo maishiy xizmat koʻrsatish hamda yuqori qavatlarida koʻp xonadonli turar joy viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganib chiqildi.

Buxoro shahar hokimining 2018-yil 23-martdagi 718-sonli qaroriga asosan Z.Sharipovaga turar joy binosi qurish uchun 1900,0 kv.metr yer maydoni ajratilgan. Mazkur qarorga asosan Buxoro viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2018-yil 22-mayda Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi tayyorlab berilgan hamda “Loyihasuv qurilish” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ushbu loyiha Buxoro viloyat qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura shaharsozlik kengashining 2018-yil 13-iyuldagi 21-sonli yigʻilish Bayoni bilan kelishilgan hamda “Qurilish iqtisod ekspertiza” MCHJning 2018-yil 24-avgustdagi ekspert xulosasi olingan. Fuqaro Z.Sharipovaning Davlat xizmatlari markazi orqali qilgan murojaatiga asosan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy inspeksiya tomonidan unga 2018-yil 30-avgustda ruxsatnoma berilgan.

Shuningdek, fuqaro Z.Sharipova nomidan qurilishi tugallanmagan bino-inshoot “Dilim Nur Stroy” MCHJ nomiga rasmiylashtirilgan. Shundan soʻng mazkur bino-inshoot qurib bitkazilib, inspeksiyaning imzolangan “Davlat qabul hayʼati tomonidan taqdim etilgan obyektning qurilish ishlari tugallanganligi toʻgʻrisida''gi dalolatnomasiga hamda Buxoro shahar hokimining 2020-yil 20-oktabrdagi 1031-sonli qaroriga asosan “Dilim Nur Stroy” MCHJga tegishli yetti qavatli bino foydalanishga qabul qilingan.

Ammo bugungi kunda MCHJ rahbari B.Raupov tomonidan foydalanishga qabul qilingan yetti qavatli binoning sakkizinchi qavatida tegishli tartibda shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, shaharsozlik normalari, qurilish meʼyorlari va qoidalariga zid ravishda, oʻzboshimchalik bilan qurilish-montaj ishlari amalga oshirganligi aniqlangan.

Hududiy inspeksiya tomonidan mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan o'z vakolati doirasida tegishli choralar koʻrish uchun shahar hokimiyatiga xabarnoma yo'llangan hamda MCHJ foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi qonun talablarini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.