Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
"Romitanda kotlovan (handaq) qazish paytida tutash binoning bir qismi qulab tushdi" mavzusida kun.uz saytida eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:
Holat Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Ma’lum bo’lishicha, qulatilgan mazkur savdo do’koni quruvchiga tegishli bo‘lib, u ushbu hududda ko’p qavatli bino qurishni maqsad qilgan. Bundan anglash mumkinki, obyektning buzilishi tasodif emas, balki avvaldan rejalashtirilgan holda amalga oshirilgan.
Ushbu holat soha masʼullari tomonidan oʻrganilganda ushbu obyekt Romitan tumanining “Afrosiyob” MFY, M.Samosiy koʻchasida yashovchi “Omad Azamat turist trans” MCHJ rahbari Hamza Ochilovga tegishli ekanligi va mazkur noturar binolarni toʻliqliligicha buzib, oʻrnida birinchi qavatida noturar bino hamda yuqori qavatlarda turar joy binolari qurilishi rejalashtirilganligi maʼlum boʻldi.
Qurilishi rejalashtirilgan 7 qavatli turar joy binosining barcha qurilish osti va shaharsozlik hujjatlari belgilangan tartibda vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanib, belgilangan tartibda eski binolarning buzilish ishlari amalga oshirilmoqda.


