UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi  sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi  sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida Buxoro shahri S.Rahimov MFY  hududida  fuqaro F.Gafarov tomonidan qurilayotgan birinchi qavati savdo va maishiy yuqori qavatlari turar-joy binosi qurilishida buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan chetga chiqib, o'zboshimchalik bilan binoda qo'chimcha qavat qurish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan fuqaroga qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish hamda qonun buzilish holatlarini bartaraf qilish to‘g‘risida yozma ko'rsatma berildi. 

Shuningdek, fuqaro Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 99-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortildi hamda hududiy inspeksiya tomonidan qurilish-montaj ishlarini to'xtatish bo'yicha sudga da’vo arizasi kiritildi.