Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi
Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Kogon shahri “Temiryo‘lchi” MFY hududida pudratchi “Soktari mukammal qurilish” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.
Natijada quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
оbyektda “Qurilishda texnika xavfsizligi” me'yoriy hujjat talablariga rioya qilinmagan, ya’ni bino lift shaxtasining atrofi vaqtinchalik to‘sinlar bilan yopilmagan;
"Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish" me’yoriy hujjat talablariga asosan qurilish maydonida qurilish etikasiga rioya etilmagan, shuningdek, obyekt qurilish chiqindilaridan tozalanmagan. Ishchilar uchun ishlash sharoiti yaratilmagan.
Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi va qurilish ishlari vaqtinchalik to'xtatildi.