UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi (Jarayon)

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tarkibidagi barcha korxona va tashkilotlar hamda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan 2024-2025-yillar qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida chora-tadbirlar yanada kuchaytirilgan.   

Jumladan, viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tomonidan  Buxoro shahrida 462 ta va Kogon shahrida 55 ta koʻp qavatli uylarga, shuningdek, 24 ta umumtaʼlim maktabi, 26 ta maktabgacha taʼlim muassasasi va jami yuzdan ortiq  boshqa turdagi isteʼmolchi-subyektlarga xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Buning uchun viloyat markazidagi 29 ta va Kogon shahridagi 5 ta qozonxona imkoniyatlaridan unumli foydalanilmoqda.

Albatta, mavsum oldidan barcha qozonxonalarda tayyorgarlik, taʼmirlash-tiklash ishlari toʻla-toʻkis bajarilgan. Hozirda korxona balansida 112,6 kilometr uzunlikdagi turli diametr oʻlchamdagi issiqlik tarmogʻi mavjud boʻlib u orqali isteʻmolchilarga barqaror issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.