Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bukhara city” hududidagi ichki yoʻldan katta yoʻlga chiqish qismida yuk avtomobillari qatnovi natijasida chang koʻtarishidan norozi boʻlib qilingan murojaat Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Jarayonda haqiqatan hozirgi kunda “Bukhara city” hududida demontaj va qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli yuk avtomobillari yordamida hududdan qurilish chiqindilarini olib chiqish jarayonida ichki yoʻllarda chang koʻtarilishi yuzaga kelgani aniqlandi.
Mazkur holat tez fursatlarda Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi majmua hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi tomonidan katta yoʻlga chiqishdagi ichki yoʻlaklarni shagʻallashtirish orqali bartaraf etilishini maʼlum qilamiz.


