UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘ttizga yaqin boshqaruv servis kompaniyalarining ishchi-xodimlari tomonidan shahar va tumanlarida joylashgan ko‘p kvartirali uylar atrofida tozalash va obodonlashtirish ishlari

O‘tib borayotgan har bir kunimiz bizni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz - davlatimiz mustaqilligining 33 yillik shodiyonalariga tobora yaqinlashtirmoqda. Bayram bahonasida yurtimiz go‘shalari yanada chiroy ochib, o‘zgacha shukuh kasb etmoqda. 

Shu munosabat bilan Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘ttizga yaqin boshqaruv servis kompaniyalarining ishchi-xodimlari tomonidan shahar va tumanlarida joylashgan ko‘p kvartirali uylar atrofida tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bilan bir qatorda kirish yo‘laklarini tartibga keltirish, bolalar maydonchalaridagi sport anjomlarini nazoratdan o‘tkazib,  ta’mirlash hamda bo‘yash kabi yumushlar qizg‘in davom etmoqda.

Ko‘p kvartirali uylar joylashgan hududlardagi gulzorlarni sug‘orish, daraxt va nihollarni butab, shakl berish kabi kundalik yumushlar ham sifatli qilib bajarilmoqda.