UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Buxoro viloyatida ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligida Buxoro viloyatidagi ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari hamda sohaga daxldor tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish, shuningdek, ko‘p qavatli uylar boshqaruvida samaradorlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi jami 28 ta boshqaruv servis kompaniyalari vakillarining taklif va mulohazalari, faoliyatida uchrayotgan muammolari muhokama qilindi. 

"Kuz-qish mavsumiga qadar ko'p qavatli uylarni isitish tizimini ko'rib chiqish, muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish aholi farovonligi va  turmush tarzi uchun eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Boshqaruv organlari zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni yuksak darajada anglab, har bir muammoni o‘z vaqtida hal qilishga alohida e’tibor qaratishlari lozim", - deya ta'kidladi vazir o'rinbosari. 

Shuningdek, billing tizimi, sohada korrupsion holatlarni oldini olish, mablag'larni maqsadli sarflash, sifatli xizmatlar bilan xalq roziligiga erishish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar berildi.