UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Chilonzor tumani “AL-FAJR” oshxonasining yerto‘lasida kanalizatsiya quvurlari yorilib, antisanitar holat (MUNOSABAT)

Poytaxtimizning Chilonzor tumani “Bunyodkor” shoh ko‘chasidagi 9 qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan “AL-FAJR” oshxonasining yerto‘lasida kanalizatsiya quvurlari yorilib, antisanitar holat yuzaga kelgani tanqid qilingan holat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi: 

Mutaxassislar holatni joyiga chiqqan holda o'rgandi. Unga ko'ra mazkur oshxona atrofida yana turli xizmat ko'rsatish shoxobchalari faoliyati yo'lga qo'yilganligi, bu esa o'z-o'zidan ko'p kvartirali uy oqova suv tizimiga qo'shimcha yuklama bo'layotgani aniqlandi. Hozirda tadbirkor tomonidan yerto'la qismida tozalash ishlari amalga oshirilgan. Ammo vaziyatni to'gri tizimlashtirish uchun tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o'rganish talab etiladi. Hozirda ana shu jarayon o'tkazilmoqda.