UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Chilonzor tumanidan kelgan fuqarolarning issiqlik ta’minoti hamda boshqaruv organi faoliyati bilan bog’liq masalasi ijobiy hal etildi

 Uy-joylarga xizmat ko’rsatish sohasida murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash borasidagi ishlar bugun o’z samarasini ko’rsatmoqda. 

Buni vazirlikda haftaning juma kunlarida bo’lib o’tadigan qabulga kelgan murojaatchilar sonidan ham ko’rish mumkin. 

Kommunal soha aholining bevosita hayot tarzi bilan bog’liqligi bois hududlarga vazirlikdan mas’ullar biriktirilib, mavjud har qanday holat joyida o’rganilmoqda va bartaraf etilmoqda.

Xabaringiz bor, yurtdoshlarimizning kommunal sohaga oid murojaatlarini vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva qabul qilib keladi. Bugun ham poytaxtimizning Chilonzor tumanidan kelgan fuqarolarning issiqlik ta’minoti hamda boshqaruv organi faoliyati bilan bog’liq masalasi ijobiy hal etildi.

Xususan, ularning savollariga huquqiy tushuncha berilib, mavjud kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo’yicha mas’ullar belgilandi.