UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Chirchiq shahridagi "Yangi O'zbekiston" massivida kechayotgan qurilish jarayonlari

Chirchiq shahridagi "Yangi O'zbekiston" massivida kechayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishar ekan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov yo'l qo'yilgan qoida buzilish holatlariga e'tibor qaratdi:

- loyiha hujjatlarida gidroizolyatsiya choralari belgilangan ShNQga asosan keltirilmagan. Ya'ni 2 mm qalinlikdagi bir qavatli qoplamalardan foydalanish belgilangan talablarga javob bermaydi. Umuman loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qator qo'pol kamchiliklar ko'zga tashlandi;
- loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari mavjud;
- beton quyish ishlarida vibrator zichligi ta'minlanmagan;
- handaq-kotlovan atrofi 1.10 balandlikdagi himoya panjaralari bilan o'ralmagan;
- qurilish madaniyatiga rioya qilinmayapti. Ya'ni ishchi xodimlar maxsus forma va himoya kaskalari bilan ta'minlanmagan. 

Shuningdek, mazkur qurilish obyektida "Qurilishda xavfsizlik texnikasi" ShNQ talablarining qo'pol ravishda buzilayotgani vazir o'rinbosari tomonidan keskin tanqid qilindi hamda qurilishga mas'ullarga bajarilishi majburiy qator ko'rsatmalar berildi.