UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Chortoq tumanining turizm salohiyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan yangi istiqbolli loyihalar taqdimoti oʼtkazildi

Chortoq tumanining turizm salohiyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan yangi istiqbolli loyihalar taqdimoti oʼtkazildi

Chortoq oʼzining betakror tabiati, turizm maskanlari, sihatgohlari bilan nom qozongan. Tumanning oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega dam olish  maskanlari hamda turistik majmualarni tashkil etish boʼyicha master-rejalar ishlab chiqilmoqda.

“Chortoqsoy” va suv ombori qirgʼoq boʼyi hududida amalga oshiriladigan turizm yoʼnalishidagi yangi loyihalar tuman hokimi boshchiligida tegishli tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar hamda tadbirkorlar ishtirokida koʼrib chiqilib, muhokama qilindi. 

Muloqot davomida loyiha yuzasidan qoʼshimcha takliflar tayyorlash, shuningdek, sihatgoh va mehmonxonalar tashkil etishga xorijiy davlatlardan investorlarni jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.