Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimliklar va boshqaruv organlari rahbar xodimlari uchun navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimliklar va boshqaruv organlari rahbar xodimlari, jamoat tashkilotlari hamda birlashmalari, xoʻjalik tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, oʻrta boʻgʻin boshqaruv organlari, tadbirkorlik tuzilmalarining mutaxassislari va rahbarlari uchun navbatdagi seminar bo'lib o'tdi.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri o’rinbosari Toir Alimatov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari Nodirjon Maksumovlar ishtirok etishdi.