"Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rejalashtirishning yangicha yondashuvi" mavzusida seminar-trening
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida "Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rejalashtirishning yangicha yondashuvi" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼullari, vazirlikning boshqarma va boʻlim rahbarlari ishtirok etdi.
Taʼkidlash kerakki, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Agentlik tomonidan “Davlat organlarida inson resurslarini tahlil qilish va rejalashtirish boʻyicha namunaviy yoʻriqnoma” ishlab chiqilgan. Seminar-treningda mutaxassislar inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadi Oʻzbekiston davlat organlarida inson resurslari boshqaruvi sohasidagi muammolar, inson resurslarini rejalashtirishda strategik yondashuvni joriy etishning afzalliklari haqida maʼlumot berdilar.
Davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish va professiografik tahlil mavzusida fikr-mulohazalar almashildi. Interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazilib, ishtirokchilar bilan qizgʻin savol-javoblar boʻlib oʻtdi.