UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Davlat roʻyxatidan oʻtgan qurilishlarda nazorat kuchaytirilmoqda

2025-yil 25-mart kuni imzolangan "Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimini takomillashtirish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida" gi  qonunga muvofiq:

inspeksiya xodimlari tomonidan obyektda aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmasa, qurilishning masʼul shaxslari javobgarlikka tortiladi;

loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy koʻrsatmalarni toʻliq bajarmaslik, holatlari kuzatilsa, qurilish vakillari qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi;

shu bilan birga qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, yaʼni obyekt foydalanishga rasmiy topshirilmasdan turib binodan foydalanish yoki odamlarni koʻchirib kirish holati aniqlansa, qurilish vakillari uchun qatʼiy javobgarlik belgilandi.

Ushbu qonun 2025-yil 25-mart kuni imzolangan boʻlib, 3 oydan soʻng kuchga kiradi.