UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Davlatobod tumanidagi 78-sonli maktabda qurilish va taʼmirlash ishlari boshlandi

Davlatobod tumani "Shishaki" mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 78-sonli umumtaʼlim maktabida taʼlim sifatini oshirish hamda oʻquvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshiriladi.

Qurilish va taʼmirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi homiyligi asosida olib borilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha doirasida mavjud 380 oʻrinli oʻquv binosi joriy taʼmirlanib, qoʻshimcha 420 oʻrinli zamonaviy yangi oʻquv binosi quriladi.

Ushbu ishlar natijasida maktabda umumiy oʻrin soni 800 nafarga yetib, taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi, oʻquv jarayoni sifatli va samarali tashkil etilishi taʼminlanadi.