Diqqat, e'lon!
2024-12-13
Diqqat, e'lon!
Joriy yilning 13-dekabr kuni soat 15:00 da o'tkazilishi rejalashtirilgan xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan onlayn uchrashuv bugun soat 18:30 da Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ishtirokida bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur onlayn uchrashuvda xorijiy davlatlarda taʼlim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar qatnashishlari mumkin.
Murojaat uchun telefon: 90 958 27 75